Takoful — bu islomiy moliya tamoyillariga muvofiq ishtirokchilarning mablagʻlari va ixtiyoriy badallari hisobidan Takoful jamgʻarmasini (sugʻurta zaxirasi) shakllantirish hamda ishtirokchilarning zararlari aynan shu jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab berilishini anglatadi.
Takoful (arabcha تكافل so‘zidan — "o‘zaro kafolatlar") — bu islomiy sugʻurta shaklidir. Aslida, Takoful islomiy moliya tamoyillariga asoslangan holda, Jamg‘arma ishtirokchilari o‘rtasida zararni jamoaviy taqsimlash mexanizmini anglatadi.
Takofulda foyda olish maqsad qilinmaydi — u Jamg‘arma ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro yordam tamoyiliga asoslanadi.
Takofuldagi asosiy taqiqlar: G`arar — noaniqlik yoki spekulyatsiya; Maysir — qimor o‘yinlari yoki xavf va/yoki kafolatga asoslangan bitimlar; Ribo — foizli qarz berish, yaʼni har qanday miqdordagi foiz evaziga qarz berish (Islomda bu qatʼiyan taqiqlangan).
"Gross sug`urta kompaniyasi" AJning "Takoful darchasi" faoliyatining islomiy moliya qoidalari va tamoyillariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida "ASSOODIQ CONSULT" MCHJ bilan shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnoma doirasida "ASSOODIQ CONSULT" MCHJ mutaxassislari vaqti-vaqti bilan "Gross sug`urta kompaniyasi" AJda Takoful faoliyatini audit qilib, oʻz tavsiyalari va xulosalarini taqdim etadilar.
"Takoful darchasi" "Gross sug'urta kompaniyasi" AJ faoliyatining islomiy moliya qoidalari va tamoyillariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa 2025-yil 30-yanvarda "ASSOODIQ CONSULT" MCHJ tomonidan yangilandi.
Sug'urtachi Takoful operatori sifatida faoliyat yuritadi
Takoful sug'urta rezervi sug'urtachining daromadi hisoblanmaydi
Barcha operatsiyalar Takoful sug'urtasi kengashi tomonidan nazorat qilinadi
Takoful sug'urta rezervining ortiqcha qismlari qaytariladi
"Gross sug`urta kompaniyasi" AJ boshqaruv modelini – vakala deb tanladi, unga ko'ra ishtirokchilarning ixtiyoriy badallari hisobiga Takoful sug'urta rezervi shakllantiriladi va rezerv mablag'lari ishtirokchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun ishlatiladi.

Ishtirokchilar ixtiyoriy ravishda Takoful Operatoriga sug'urta badalini (premiyasini) to'laydilar.
Takoful operatori olingan badallardan cheklangan darajada daromad oladi.
Badallar Takoful sug'urta rezervini to'ldiradi, undan Operator ishtirokchilarga yetkazilgan zararni qoplash uchun kompensatsiya to'lovlarini amalga oshiradi.
Takoful sug'urta rezervining ma'lum qismi (qoplash uchun komissiya va Operatorning komissiyasini ayirib tashlagan holda) ishtirokchilarga qaytarilishi mumkin.